
Level Med ko‘p tarmoqli klinikasi
Level Med — Toshkentdagi xususiy ko‘p tarmoqli klinika. Bu yerda bir joyda shifokor qabuli, diagnostika, laboratoriya tahlillari va davolash amalga oshiriladi. Har bir bemorga alohida yondashamiz va zamonaviy tibbiy uskunalardan foydalanamiz.
Mutaxassislar
Klinikada urolog, ginekolog, endokrinolog, LOR shifokori va boshqa mutaxassislar qabul qiladi. Shifokorlarimiz katta amaliy tajribaga ega va doimiy ravishda malakasini oshirib boradi.
Diagnostika va laboratoriya
Zamonaviy apparatlarda UZI tekshiruvi, EKG, kolposkopiya va boshqa tekshiruvlar o‘tkaziladi. O‘z laboratoriyamizda qon, siydik va boshqa tahlillar topshiriladi, uyga chiqib tahlil olish xizmati ham mavjud.
Qabulga yozilish
Telegram: t.me/levelmed1, telefon: +998 71 200 03 23.
































