

Urolog
Urologiya — siydik yo‘llari, buyrak va erkaklar jinsiy a’zolari kasalliklarini aniqlash va davolash bilan shug‘ullanadigan soha. Level Med klinikasida urolog erkaklarni ham, ayollarni ham qabul qiladi.
Qachon urologga murojaat qilish kerak
- tez-tez yoki og‘riqli siyish;
- siydikda qon paydo bo‘lishi;
- bel yoki qorin pastida og‘riq;
- siydikni tuta olmaslik;
- prostata bilan bog‘liq muammolar, erektil disfunksiya;
- 40 yoshdan keyin yillik profilaktik ko‘rik.
Klinikada nimalar qilinadi
Konsultatsiya va ko‘rik, buyrak, siydik pufagi va prostata UZI, urofloumetriya, o‘z laboratoriyamizda siydik va qon tahlillari, konservativ davolash va ambulator muolajalar. UZI va tahlillarni qabul kuni topshirish mumkin.
Narxlar va qabulga yozilish
| Xizmat | Narxi, so‘m |
|---|---|
| Urolog konsultatsiyasi, birlamchi | 300 000 |
| Urolog konsultatsiyasi, takroriy | 200 000 |
| Buyrak va siydik pufagi UZI | 200 000 |
| Prostata bezi UZI | 165 000 |
| Urofloumetriya | 150 000 |
| Prostata massaji | 120 000 |
Qabulga yozilish: Telegram yoki +998 71 200 03 23