Laboratoriya tekshiruvlarisiz kasalliklarning o'z vaqtida va aniq diagnostikasini amalga oshirishning imkoniyati bo'lmaydi. Kasallik alomatlari hali mavjud emas, ammo qon tahlilining ko'rsatkichlari "ogohlantirishni" boshlagan: "Diqqat! Tayyorlaning!"
Butunjahon Sog'liqni Saqlash Tashkilotining (BMT) hisobotiga ko'ra laboratoriya tekshiruvlari bemor haqida 50-60% diagnostik ma'lumotlarni beradi. Albatta, faqat birgina laboratoriya tahlillariga tayanib diagnoz qo'yilmaydi, odatda uni kasallik klinikasi, boshqa tekshiruv ko'rsatkichlari va kuzatuvlar bilan taqqoslanadi. Laboratoriya tahlillari shifokor qaysi yo'nalishda izlanishlar olib borishiga yordam beradi. Shu sababli, doimiy profilaktik tekshiruvlar - o'z vaqtida boshlangan davolash tadbiridir, zamonaviy laboratoriyalarda tahlil topshirish uchun to'g'ri tayyorgarlik ko'rish esa - bu aniq tahlil degani.
Levelmed klinikasining laborant-shifokorlari bir qator tavsiyalar tayyorladilar, ularga rioya qilgan holda yuqori aniqlikdagi natijalarga erishish mumkin.
Laboratoriya tahlillari natijalariga ta'sir ko'rsatishi mumkin bo'lgan barcha omillar:
- Dori vositalari, vitaminlar, makro- va mikroelementlar (qabul qiladigan barcha dori vositalaringiz haqida o'z shifokoringizni ogohlantirishingiz zarur).
- Ovqatlanish.
- Jismoniy va emotsional zo'riqishlar.
- Alkogol.
- Chekish.
- Fizioterapiya muolajalari va instrumental tekshiruvlar.
- Ayollarda hayz holatining davri (oldindan davolovchi shifokor bilan topshirish kunini aniqlab olish lozim)
- Kun davomida tahlil olinadigan vaqt.
Tekshiruvlarga tayyorgarlik ko'rish uchun asosiy qoidalar.
Natijalari insonning fiziologik holatiga bog'liq bo'lgan biohimik, gormonal, gematologik testlar, immunologik testlar majmuasi kabi tahlillar o'tkazilganda ushbu qoidalarga rioya qilish maqsadga muvofiqdir.
- Qon ertalab och qoringa topshirilishi tavsiya etiladi, soat 8:00dan 11:00 gacha vaqt oralig'ida, och qoringa (8 soatdan kam va 14 soatdan ko'p bo'lmagan vaqt davomida ochlik, suyuqlik-tartib bo'yicha odatdagidek qabul qilinadi).
- Alkogol - tekshiruvdan 2 kun avval spirtli ichimliklarning qabuli to'xtarilishi lozim.
- Chekish - tekshiruvdan avval 1 soat davomida chekish mumkin emas.
- Tekshiruvdan oldin jismoniy va emotsional zo'riqishlarni oldini olish zarur.
- Laboratoriyaga kelgandan so'ng qon namunalarini olishdan avval 10-20 daqiqa mobaynida dam olib olish lozim (o'tirish ma'qulroq)
- Fizioterapevtik muolajalar, instrumental tekshiruvlar va boshqa turdagi tibbiy ko'riklardan so'ng qon tahlili topshirish maqsadga muvofiq emas. Birinchi navbatda qon tahlili topshiring, so'ngra zaruriyat bo'lgan holatlarda boshqa muolajalardan o'tishingiz mumkin. Ba'zi tibbiy muolajalardan keyin (masalan, rektal tekshiruvlar yoki prostata bezi biopsiyasida), PSA tahlili yoki spermogramma uchun tahlilni bir necha kunga qoldirish zarur.
- Laborator ko'rsatkichlarining doimiy ravishdagi nazoratida takroriy tekshiruvlarni bir hil sharoitda o'tkazish tavsiya etiladi: doimo bir laboratoriyada (bir hil uslubda) va kunning bir vaqtida qon tahlili topshirilishi lozim.
! Shuningdek, shifokor ko'rsatmalariga binoan testlar faqat och qoringa emas, balki kun davomida o'tkazilishi mumkin.
Kapillyar qon.
Bolalarda kapillyar qonning umumiy klinik tahlilini topshirish uchun maxsus tayyorgarlik talab qilinmaydi. Tartibga oid tekshiruvlarda biomaterialni ertalab och qoringa topshirish afzalroq (ko'krak suti yordamida oziqlantiriluvchi bolalarda - keyingi ovqatlantirishdan avval, suyuqlik ichish tartibi - odatdagidek).
Tezkor diagnostik ma'lumotlar shoshilinch vaziyatlardagi zarur holatlarda och qoringa topshirilishi kerak degan talabnomani ba'zi tekshiruv turlarida bajarmaslik mumkin, shuningdek oz miqdorda yog'siz ovqat iste'mol qilingan hollarda ham tekshiruv o'tkazilishining imkoniyati bor.
Umumiy tahlil uchun siydikni konteynerga yeg'ish
- Klinikamizning laboratoriyasidan sterillangan, bir martalik konteyner olasiz.
- Tahlil topshirishdan oldin siydik rangini o'zgartiruvchi sabzavot va ho'l mevalarni iste'mol qilish tavsiya qilinmaydi (lavlagi, sabzi va boshqalar), diuretiklar qabul qilish mumkin emas. Siydik tahlilini yig'ishdan avval jinsiy a'zolarni yahshilab gigienik tozalashni amalga oshirish kerak. Ayollarda hayz davrida siydik tahlili topshirilishi tavsiya etilmaydi.
- Tekshiruvni to'g'ri o'tkazish uchun, ertalab birinchi marotaba siydik ajratish vaqtida (boshlang'ich 1-2 soniya ichida) kichik hajmdagi siydik oqizib yuborilishi zarur. So'ngra, siydikni yeg'ish uchun mo'ljallangan konteyner tutkaziladi va konteynerga 100 ml siydik yig'ish kerak bo'ladi.
- Siydik yig'ilgandan so'ng konteyner qopqog'i qattiq burab qo'yilishi zarur.
- Siydik yig'ilgan konteynerni laboratoriyaga yetkazish lozim. Agar tezda yetkazish imkoniyati bo'lmasa siydik yig'ilgan konteyner +2… +8°C da saqlash kerak. Tahlilni tekshirish siydik yig'ilgan kuni o'tkazilishi zarur.
Biohimik tahlil uchun kunlik siydikni yig'ish.
- Siydik kun davomida yig'iladi. Ertalabki birinchi siydik tashlab yuboriladi. Qolgan barcha kun davomida, kechasi va ertangi kunning ertalabki vaqtida yig'ilgan siydik ajratmalari yig'im davrida muzlatgichda (+4… +8°C) saqlanuvchi idishda yig'ib boriladi (bu muhim shartlardan biri hisoblanadi, chunki xona xaroratida glyukoza miqdori aytarli darajada pasayib ketadi). Siydik yig'ilgandan so'ng idishdagi suyuqlik aniq o'lchanadi, yahshilab aralashtiriladi va kichik hajmdagi bankaga quyiladi (50mldan katta bo'lmagan). Ushbu banka laboratoriyaga tekshirish uchun olib boriladi. Hamma siydik olib borilishi shart emas. Yo'llanmadagi blankda siydikning kunlik hajmini (diurez) millilitrlarda ko'rsatish zarur, masalan: "Diurez 1250ml", hamda bemorning bo'yi va og'irligini ko'rsating.
Disbakterioz holatida ahlatni yig'ish qoidalari
- Ichak disbakteriozi holatini aniqlash uchun material (ahlat) antibakterial va kimyoterapiya dori vositalari qo'llanilishidan avval yig'ilishi zarur. Tekshiruv uchun yangi ahlatdan foydalanish lozim.
- Tekshiruvdan 3-4 kun avval surgi dorilari qabuli, kastor yog'i, vazelin va rektal shamchalarini qo'llash to'htatilishi zarur. Klizma yoki bariy (rentgen tekshiruvi uchun) qabulidan keyin olingan ahlat tekshirish uchun yaroqli emas.
- Ahlat toza, bir martalik buraluvchi qopqoqli va qoshiqli (uni konteyner bilan birga olish mumkin) konteynerning 3/1 hajmidan ko'p bo'lmagan miqdorda yig'ilishi zarur. Tayyor material laboratoriyaga olingan vaqtdan boshlab 3 soat ichida yetkazilishi lozim. Ko'rsatilgan vaqt oralig'ida material sovuq joyda saqlanishi ma'qul. (Harorat +2… +8, muzlashga yo'l qo'ymaslik kerak!). Bunda muzhalta yoki konteyner oldindan tayyorlangan muz bo'lakchalari bilan o'rab chiqilishi lozim.
UTT tekshiruviga tayyorgarlik
UTT tekshiruviga tayyorgarlik ko'rish haqida ma'lumotlar tekshiruv natijalarining diagnostik aniqligini oshirish maqsadida keltirilgan. Risoladagidek tayyorgarlik natijasida, to'qimalar ko'rinishi yorqinlashadi va muolajaning sifat darajasi ko'tariladi.
Qorin bo'shlig'i a'zolarining UTT tekshiruvi
Tekshiruvdan 2-3 kun oldindan boshlab ovqatlanish ratsionidan ichaklarda gaz hosil bo’lish jarayonini kuchaytiruvchi mahsulotlar (tsellyulozaga boy bo'lgan hom sabzavotlar, qaynatilmagan sut, qora non, dukkakli mahsulotlar, gazlangan ichimliklar, shuningdek yuqori kaloriyaga ega konditer mahsulotlari - to'rt va turli pishiriqlar) olib tashlanishi zarur. Ushbu vaqt oralig'ida meteorizm ko'rinishlarini kamaytiruvchi ferment preparatlari va enterosorbentlarni qabul qilish maqsadga muvofiq (masalan, festal, mezim-forte, faollashtirilgan ko'mir yoki espumizan 1 tabletkadan bir kunda 3 mahal). Qorin bo'shlig'i a'zolarining UTT tekshiruvi ertalab och qoringa o'tkazilishi zarur, tekshiruv ertalb o'tkazilishining imkoniyati bo'lmagan holatlarda yengil nonushta qilish mumkin. Tekshiruvdan oldin chekish tavsiya qilinmaydi. Agar siz dori vositalarini qabul qilsangiz, bu haqida UTT shifokorini ogohlantiring. Shuningdek UTT gastro- va kolonoskopiya tekshiruv muolajalaridan keyin o'tkazilishi mumkin emas.
Kichik tos a'zolari UTT tekshiruvi
Ayollarda kichik tos a'zolarining UTT tekshiruvini ikki hil uslubda o'tkazish mumkin:
- Transabdominal (qorin old tomon devori orqali). Ushbu uslub siydik qopining to'lgan holatida o'tkaziladi. Siydik qopini to'ldirish uchun tekshiruvdan 1-2 soat avval 1 litrdan kam bo'lmagan hajmda oddiy suv ichish kerak (turli sharbatlar yoki gazlangan suvlar iste'mol qilish umuman mumkin emas!). Siydik qopini tekshiruvdan oldin bo'shatish mumkin emas;
- Transvaginal uslub. Tekshiruv uchun maxsus tayyorgarlik talab qilinmaydi. Tekshiruv siydik qopining bo'sh holatida o'tkaziladi. Alternativ usul sifatida transrektal UTT tekshiruvini qo'llash mumkin (yo'g'on ichak orqali). Transrektal tekshiruvidan avval siydik qopi to'ldirilishi shart emas, ammo muolaja o'tkaziladigan kun ichak bo'shatilishi lozim (mustaqil yoki tozalovchi hukna yordamida).
Prostata bezi UTT tekshiruvi
Tibbiyot muassasalarida UTT tekshiruvi ikki hil uslubda o'tkaziladi:
- Transabdominal - tekshiruv siydik qopining to'la holatida o'tkaziladi, shu sababli tekshiruvdan oldin 1-2 soat davomida siydik ajratish mumkin emas va tekshiruvdan 1 soat avval 1 litr hajmda gazlanmagan suyuqlik ichish lozim;
- Transrektal (TRUTT) - ushbu uslub prostata bezini o'rganishda asosiy uslub bo'lishi kerak. TRUTT uchun siydik qopi to'ldirilgan bo'lishi shart emas. Tekshiruv oldidan tozalovchi huqna o'tkazilishi zarur.
Siydik qopi UTT tekshiruvi
Erkaklarda va ayollarda tekshiruv siydik qopining to'la holatida o'tkaziladi, shu bois tekshiruvgacha 1-2 soat davomida siydik ajratish mumkin emas va muolajadan 1 soat avval 1 litr gazlanmagan suyuqlik ichish zarur.
Ko'krak bezlari UTT tekshiruvi
Ko'krak bezlarining tekshiruvi hayz davrining birinchi 10 kunligida o'tkazilishi maqsadga muvofiq.
Qalqonsimon bez va buyraklarning UTT tekshiruvi
Maxsus tayyorgarlik talab qilinmaydi.
Laboratoriya tekshiruvlarining eng muvofiq dasturini tuzib berishni va tahlillar natijalarini baholashni, bemor holatini kuzatib borish imkoniyati bo'lgan va zarur bo'lgan barcha tahlillarni topshirish uchun ko'rsatma berishni faqat o'zingizning davolovchi shifokoringiz amalga oshira olishi mumkinligini yodda saqlang. Tashxis qo'yish va to'g'ri davolash dasturini tayyorlash uchun o'zingizning davolovchi shifokoringizga murojaat qilishingiz lozim.