Levelmed klinikasiga LOR-jarroh talab qilinadi

Toshkent shahrining markazida joylashgan xususiy klinikaga «LOR-jarroh shifokor» talab qilinadi.

Lavozim majburiyatlari:

Bemorlarni (bolalar va kattalarni) ambulator qabul qilish; otorinolaringologik operatsiyalar va endoxirurgik amaliyotlarni bajarish.

Tibbiy hujjatlarni elektron shaklda yuritish.

Talablar:

«Otorinolaringolog-jarroh» mutaxassisligi bo‘yicha ixtisoslashuvga, birinchi yoki oliy malaka toifasiga hamda malaka oshirish kursini tugatganligini tasdiqlovchi hujjatga ega bo‘lish.

Kasbiy ko‘nikmalar:

  • LOR kasalliklarining oldini olish, diagnostika qilish va jarrohlik yo‘li bilan davolashning zamonaviy usullarini bilish;
  • LOR-kombayn uskunasida ishlash tajribasiga ega bo‘lish;
  • LOR operatsiyalarini o‘tkazish tajribasiga ega bo‘lish;
  • LOR-jarroh mutaxassisligi bo‘yicha kamida 5 yillik ish tajribasi;
  • Shaxsiy kompyuterdan ishonchli foydalana olish;
  • O‘z bemorlar bazasiga ega bo‘lish (afzallik hisoblanadi);
  • Ijtimoiy tarmoqlarda faol professional akkauntga ega bo‘lish va sohaga oid bloglar yuritish (afzallik hisoblanadi).

Ish sharoitlari:

  • O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga muvofiq ishga rasmiylashtirish;
  • Ish haqi bajarilgan operatsiyalar hajmiga qarab belgilanadi (yoki alohida kelishiladi);
  • Ish jadvali: dushanbadan shanbagacha, soat 8:30 dan 17:00 gacha (yoki individual kelishuv asosida);
  • Zamonaviy tibbiy uskunalar bilan jihozlangan ish joyi;
  • Bemorlar tarixini maxsus kompyuter dasturida yuritish;
  • Xodimlar va ularning oila a'zolari uchun imtiyozli tibbiy xizmat;
  • Xodimlar uchun bepul avtoturargoh;
  • Tushlik ish beruvchi hisobidan;
  • Barqaror faoliyat yurituvchi tibbiyot tashkilotida ishlash imkoniyati;
  • Qulay joylashuv - A. Navoiy metro bekatidan piyoda yetib borish mumkin.

Telefon: +99894-611-42-87 Ma'mura