
Toshkent shahrining markazida joylashgan xususiy klinikaga ginekolog shifokor talab qilinadi.
Lavozim majburiyatlari:
- Bemorlarni diagnostika qilish, davolash va maslahat berish;
- Kolposkopiya o‘tkazish ko‘nikmasiga ega bo‘lish;
- Gisteroskopiya va laparoskopiya o‘tkazish ko‘nikmalariga ega bo‘lish (afzallik hisoblanadi);
- Preventiv tibbiyot asoslarini bilish;
- Tibbiy hujjatlarni elektron shaklda yuritish.
Talablar:
- «Akusherlik va ginekologiya» mutaxassisligi bo‘yicha klinik ordinatura yoki magistratura diplomiga ega bo‘lish;
- Mutaxassislik bo‘yicha kamida 5 yillik ish tajribasiga ega bo‘lish;
- 2-, 1- yoki oliy malaka toifasiga ega bo‘lish;
- Mutaxassislik bo‘yicha oxirgi malaka oshirish kursini tugatganligini tasdiqlovchi hujjatlarga ega bo‘lish;
- Tibbiy daftarchaga ega bo‘lish;
- O‘z bemorlar bazasiga ega bo‘lish (afzallik hisoblanadi);
- Ijtimoiy tarmoqlarda faol professional akkauntga ega bo‘lish va sohaga oid bloglar yuritish (afzallik hisoblanadi).
Ish sharoitlari:
- O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi asosida rasmiy ishga qabul qilish;
- Belgilangan oylik maosh + foizli to‘lovlar va bonuslar (yoki individual kelishuv asosida);
- Ish jadvali: dushanbadan shanbagacha, soat 09:00 dan 17:00 gacha (yoki individual kelishuv asosida);
- Zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan ish joyi;
- Bemorlar tarixini maxsus kompyuter dasturida yuritish;
- Xodimlar uchun bepul avtoturargoh;
- Tushlik ish beruvchi hisobidan;
- Barqaror faoliyat yurituvchi tibbiyot tashkilotida ishlash imkoniyati;
- Qulay joylashuv - A. Navoiy metro bekati yaqinida.