«Levelmed» klinikasiga katta yoshli bemorlar uchun endokrinolog shifokor talab qilinadi

Toshkent shahrining markazida joylashgan xususiy klinikaga «Katta yoshli bemorlar endokrinologi» talab qilinadi.

Lavozim majburiyatlari:

Bemorlarni diagnostika qilish, davolash va maslahat berish;

Tibbiy hujjatlarni elektron shaklda yuritish.

Talablar:

  • «Endokrinologiya» mutaxassisligi bo‘yicha klinik ordinatura yoki magistratura diplomiga ega bo‘lish;
  • Mutaxassislik bo‘yicha kamida 4 yillik ish tajribasi;
  • Malaka toifasiga ega bo‘lish;
  • Mutaxassislik bo‘yicha oxirgi malaka oshirish kursini tugatganligini tasdiqlovchi hujjatlarga ega bo‘lish;
  • Tibbiy daftarchaga ega bo‘lish;
  • O‘z bemorlar bazasiga ega bo‘lish (afzallik hisoblanadi);
  • Ijtimoiy tarmoqlarda faol professional akkauntga ega bo‘lish va sohaga oid bloglar yuritish (afzallik hisoblanadi).

Ish sharoitlari:

  • O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi asosida rasmiy ishga qabul qilish;
  • Belgilangan oylik maosh + foizli to‘lovlar va bonuslar (yoki individual kelishuv asosida);
  • Ish jadvali: dushanbadan shanbagacha, soat 09:00 dan 17:00 gacha (yoki individual kelishuv asosida);
  • Zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan ish joyi;
  • Bemorlar tarixini maxsus kompyuter dasturida yuritish;
  • Xodimlar uchun bepul avtoturargoh;
  • Tushlik ish beruvchi hisobidan;
  • Barqaror faoliyat yurituvchi tibbiyot tashkilotida ishlash imkoniyati;
  • Qulay joylashuv - A. Navoiy metro bekati yaqinida.