«Levelmed» klinikasiga UZI shifokori talab qilinadi

Toshkent shahrining markazida joylashgan xususiy klinikaga «UZI shifokori» talab qilinadi.

Lavozim majburiyatlari:

Ultratovush diagnostikasini o‘tkazish va bemorlarga maslahat berish.

Tibbiy hujjatlarni elektron shaklda yuritish.

Talablar:

«Ultratovush diagnostikasi» mutaxassisligi bo‘yicha ixtisoslashuvga ega bo‘lish.

Quyidagi yo‘nalishlarda UZI tekshiruvlarini o‘tkazish ko‘nikmalariga ega bo‘lish:

  • Qorin bo‘shlig‘i a'zolari (jigar, o‘t pufagi, oshqozon osti bezi, taloq);
  • Urologiya (buyraklar, buyrak usti bezlari, siydik pufagi, prostata bezi, yorg‘oq);
  • Ginekologiya (bachadon, bachadon ortiqlari, homiladorlikning 1-, 2- va 3-trimestrlari);
  • Yuzaki joylashgan a'zolar (qalqonsimon bez, sut bezlari).

Qo‘shimcha bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lish (elastografiya va elastometriya, dopplerografiya, tayanch-harakat tizimi hamda qon tomirlarini tekshirish) afzallik hisoblanadi.

Mutaxassislik bo‘yicha 3-5 yillik ish tajribasiga ega bo‘lish.

Shaxsiy kompyuterdan ishonchli foydalana olish.

O‘z bemorlar bazasiga ega bo‘lish (afzallik hisoblanadi).

Ijtimoiy tarmoqlarda faol professional akkauntga ega bo‘lish va sohaga oid bloglar yuritish (afzallik hisoblanadi).

Ish sharoitlari:

  • O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga muvofiq ishga rasmiylashtirish;
  • Belgilangan foiz asosida ish haqi (yoki alohida kelishiladi);
  • Ish jadvali: dushanbadan jumagacha, soat 08:00 dan 17:00 gacha (yoki individual kelishuv asosida);
  • Zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan ish joyi;
  • Bemorlar tarixini maxsus kompyuter dasturida yuritish;
  • Xodimlar va ularning oila a'zolari uchun imtiyozli tibbiy xizmat;
  • Xodimlar uchun bepul avtoturargoh;
  • Tushlik ish beruvchi hisobidan;
  • Barqaror faoliyat yurituvchi tibbiyot tashkilotida ishlash imkoniyati;
  • Qulay joylashuv - A. Navoiy metro bekatidan piyoda yetib borish mumkin.