
Toshkent shahrining markazida joylashgan xususiy klinikaga «LOR-jarroh shifokor» talab qilinadi.
Lavozim majburiyatlari:
Bemorlarni (bolalar va kattalarni) ambulator qabul qilish; otorinolaringologik operatsiyalar va endoxirurgik amaliyotlarni bajarish.
Tibbiy hujjatlarni elektron shaklda yuritish.
Talablar:
«Otorinolaringolog-jarroh» mutaxassisligi bo‘yicha ixtisoslashuvga, birinchi yoki oliy malaka toifasiga hamda malaka oshirish kursini tugatganligini tasdiqlovchi hujjatga ega bo‘lish.
Kasbiy ko‘nikmalar:
- LOR kasalliklarining oldini olish, diagnostika qilish va jarrohlik yo‘li bilan davolashning zamonaviy usullarini bilish;
- LOR-kombayn uskunasida ishlash tajribasiga ega bo‘lish;
- LOR operatsiyalarini o‘tkazish tajribasiga ega bo‘lish;
- LOR-jarroh mutaxassisligi bo‘yicha kamida 5 yillik ish tajribasi;
- Shaxsiy kompyuterdan ishonchli foydalana olish;
- O‘z bemorlar bazasiga ega bo‘lish (afzallik hisoblanadi);
- Ijtimoiy tarmoqlarda faol professional akkauntga ega bo‘lish va sohaga oid bloglar yuritish (afzallik hisoblanadi).
Ish sharoitlari:
- O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga muvofiq ishga rasmiylashtirish;
- Ish haqi bajarilgan operatsiyalar hajmiga qarab belgilanadi (yoki alohida kelishiladi);
- Ish jadvali: dushanbadan shanbagacha, soat 8:30 dan 17:00 gacha (yoki individual kelishuv asosida);
- Zamonaviy tibbiy uskunalar bilan jihozlangan ish joyi;
- Bemorlar tarixini maxsus kompyuter dasturida yuritish;
- Xodimlar va ularning oila a'zolari uchun imtiyozli tibbiy xizmat;
- Xodimlar uchun bepul avtoturargoh;
- Tushlik ish beruvchi hisobidan;
- Barqaror faoliyat yurituvchi tibbiyot tashkilotida ishlash imkoniyati;
- Qulay joylashuv - A. Navoiy metro bekatidan piyoda yetib borish mumkin.
Telefon: +99894-611-42-87 Ma'mura